17:00 / 25.06.2023
1 042

Qashqadaryoda yigit o‘zi bilan tanishmagan qizning yuziga shisha idish bilan urdi

Qashqadaryoda yigit o‘zi bilan tanishmagan qizning yuziga shisha idish bilan urdi
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki yigit qizlar bilan tanishishga uringani, rad javobini olgach, ulardan biri qizlardan birining yuziga shisha idish uloqtirgani va qiz jiddiy jarohat olgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB munosabat bildirdi.
 
Kitob tumani, «Guliston» MFYda yashovchi fuqaro R.D tanishlari bilan Shahrisabz shahridagi «Karavan» nomli oshxonada o‘tirganida, Shahrisabz shahrida yashovchi B.Sh fuqaro R.D va uning tanishlari o‘tirgan oshxona stoliga kelib o‘tirib, turib ketib, biror yetarli sabablarsiz, oshxona stoli tomon ichimlik ichish uchun mo‘ljallangan shisha idishni otgan.
 
Natijada shisha idish fuqarolar R.D. va Q.S.larning yuz hamda bo‘yin sohasiga kelib tegishi 
oqibatida tan jarohati olib, shifoxonaga tushgan.
 
Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan fuqaro B.Shga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda yigit o‘zi bilan tanishmagan qizning yuziga shisha idish bilan urdi
ePN