
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi va hududiy bo‘limlar tomonidan iyd qurbon hayiti bayrami munosabati bilan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar hamda sohada mehnat qilgan faxriylar xolidan xabar olish maqsadida yo‘qlovlar uyushtirilmoqda.
Xusanboy Qurbonov, Olimjon Raxmonov,Shakarbek Jo‘rayev,Shavkat Abdullayev Byuro organlarida mehnat qilib, bugun faxriylar safida. Aynan bayram arafasida ular xolidan xabar olingani ko‘ngillarini yanada shod qildi.
- Bugungi bizlarga bo‘layotgan e’tibor va ehtiromdan juda xursandmiz, deydi mehnat faxriysi Olimjon Raxmonov. Turli bayramlar va sanalar munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlarga taklif etishayotgani, ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rliklar yurtimizda olib borilayotgan "Inson qadri uchun" tamoyilining yaqqol dalilidir.
Bugun Pop tumanidagi Muruvvat uyida ham chinakam bayram shukuhi hukmron. Olib kelingan esdalik sovg‘alar Byuroning Pop tuman bo‘limi tomonidan bemorlarga ulashildi.
Ushbu tashrifdan muassasadagi bemorlarning qalblari quvonchga to‘ldi. Ular bilan samimiy va maroqli suhbat qurildi.
Shu kuni Byuroning shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan 20 dan ortiq boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor va kam ta’minlangan oilalar uchun zarur oziq- ovqat mahsulotlari tuhfa etildi.
Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.
Majburiy ijro byurosi
Namangan viloyati boshqarmasi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring 
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar