22:28 / 27.06.2023
176

Prezident marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni mukofotladi

Prezident marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni mukofotladi
Shavkat Mirziyoyev marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hamda shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonni mukofotladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
 
Farmonga asosan, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlandi.
 
“O‘zining serqirra faoliyati hamda beqiyos ilmiy-ma’rifiy merosi bilan islomiy tafakkur va madaniyatni ravnaq toptirish, muqaddas dinimizning ulug‘ insoniy g‘oyalarini xalqimizga yetkazish, mashhur ulamolarimizning bebaho asarlarini chuqur tadqiq etish, turli mamlakat va o‘lkalarda keng targ‘ib qilish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, xalqaro miqyosda dinlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, millat va elatlar o‘rtasida hamjihatlik va ahillikni mustahkamlash, jamiyat hayotida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissasi, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi alohida xizmatlari uchun O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy, marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlansin”, deyildi farmon matnida.
 
Shu kabi, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon ham Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlandi.
 
“G‘oyat murakkab tarixiy sharoitda faoliyat ko‘rsatib, mamlakatimiz va mintaqamizda islom madaniyati va ilm-fanini rivojlantirish, muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyati va ezgu g‘oyalarini el-yurtimizga bezavol yetkazish, buyuk ulamo va mutafakkirlarimizning bebaho ilmiy merosini turli millatlar va elatlar orasida keng targ‘ib etish borasidagi ko‘p yillik ibratli faoliyati, xalqaro miqyosda dinlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash ishlariga qo‘shgan ulkan hissasi, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, yosh avlodni ezgulik va ma’rifat, ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi yuksak xizmatlari uchun O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy, marhum shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlansin”, deyiladi farmonda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni mukofotladi
ePN