00:34 / 01.07.2023
453

Farg‘onada bo‘ri bolalari necha puldan sotilgani maʼlum bo‘ldi

Farg‘onada bo‘ri bolalari necha puldan sotilgani maʼlum bo‘ldi

“Ekologuz” Telegram kanalida Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi nomaʼlum fuqaro tomonidan bo‘ri bolalari sotilayotgani haqida xabar qilingan edi. Unday aytilishicha, it savdosiga ixtisoslashgan Telegram kanalda 15-20 kunlik, 3 bosh urg‘ochi bo‘ri bolalari sotilishi eʼlon qilingan.

Eʼlonda sotuvchining telefon raqamlari ko‘rsatilmagan, faqat Telegram akkauntining manzili qayd etilgan. Bo‘ri bolalarining necha puldan sotilishi aytilmagan.

Foto: Skrinshot

Holat yuzasidan “Daryo” muxbiri “Ekolog” birlashmasi rahbari Nargiza Qosimova bilan bog‘lanib izoh oldi.

“Yovvoyi hayvonlarni sotish uchun litsenziyasi bo‘lishi va Ekologiya vazirligining ruxsatnomasi talab etiladi. Yovvoyi hayvonot olami xalq mulki. Bo‘ri “O‘zbekiston qizil kitobi”ga kiritilmagan bo‘lsa-da, uni oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishga hech kimning haqqi yo‘q”, — dedi u.

Ekofaolning taʼkidlashicha, bo‘ri bolalari savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxs ularni sotib daromad ko‘ryapti va bu javobgarlikka asos bo‘la oladi, — dedi “Ekolog” birlashmasi rahbari, — “Tabiatga yetkazilgan zararni Ekologiya vazirligi inspektorlari hisoblab chiqishlari lozim”.

Mazkur masala yuzasidan Ekologiya vazirligining “Daryo”ga maʼlum qilishicha holat o‘rganilmoqda, yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

“Daryo” muxbiri bo‘ri bolalarni sotayotgan shaxs bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldi. Aniqlanishicha, jajji bo‘rilar 600 ming so‘mdan sotib yuborilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada bo‘ri bolalari necha puldan sotilgani maʼlum bo‘ldi
ePN