16:29 / 01.07.2023
304

Navoiyda suv omborida “suzib yurgan” Cobalt yuzasidan ma’lumot berildi

Navoiyda suv omborida “suzib yurgan” Cobalt yuzasidan ma’lumot berildi

Kadr: Telegram

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida Cobalt suv omborida “suzib yurgani” aks etgan videolar tarqaldi. FVV axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etdi.

Unga ko‘ra, 20 iyun kuni soat 13:30 da Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l suv omborida Buxoro viloyatida tug‘ilgan fuqaroga tegishli bo‘lgan oq rangli Cobalt haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida suv omboriga oqib ketgan. Aniqlanishicha, suv ombori qirg‘og‘ida turgan avtomobilni kuchli suv to‘lqini oqim bilan suvga tortgan.

Ushbu vaziyat bo‘yicha FVVga ma’lumot kelib tushmagan va voqea joyidagi fuqarolar yordamida avtomobil suvdan chiqarib olingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda suv omborida “suzib yurgan” Cobalt yuzasidan ma’lumot berildi
ePN