17:06 / 01.07.2023
131

Bo‘stonliqda bir guruh yigitlar “Matiz shou” uyushtirdi (video)

Bo‘stonliqda bir guruh yigitlar “Matiz shou” uyushtirdi (video)

Foto: Toshkent viloyat YHXB axborot xizmati

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bir guruh haydovchilar “Matiz shou” uyushtirdi. Holat yuzasidan viloyat YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 25 iyun kuni Bo‘stonliq tumanida bir necha Matiz haydovchilari guruh bo‘lib harakatlangan holda yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi harakatlarni amalga oshirishgan.

Shu kunning o‘zida Bo‘stonliq tumanida xizmat olib borayotgan Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga bo‘ysunuvchi yo‘l-patrul xizmati guruhi va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX inspektorlari tomonidan ushbu holat aniqlanib, haydovchilarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 129-moddasiga binoan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda mashinalar vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘stonliqda bir guruh yigitlar “Matiz shou” uyushtirdi (video)
ePN