15:05 / 03.07.2023
281

"Musulmon" so‘zini xato aytish mumkinmi?

"Musulmon" so‘zini xato aytish mumkinmi?

SAVOL:

Ba’zi yoshi kattalarimiz yoki diniy tushunchalari yetarli bo‘lmagan insonlardan "musulmonmiz" deyish o‘rniga "musurmonmiz" deganlarini eshitib qolamiz. Avvaliga talaffuzda xatolik bo‘ldi degan yaxshi gumonda bo‘lamiz. Lekin har gal "musurmonmiz" deb takrorlashadi. Shunaqa holatlarda biz mo‘min-musulmonlar qanday yo‘l tutsak bo‘ladi?

JAVOB:

Albatta, bu kabi xatolar ko‘pincha yoshi katta kishilardan yoki dinimiz ta’limotidan uzoqroq kishilardan sodir bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Bunday paytda sodir bo‘lgan xatoni chiroyli yo‘l bilan, yumshoq muomala bilan to‘g‘rilash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zotan husni xulq dinimizning asosiy ta’limotlaridandir. Ammo, tushuntirshlarga qaramay bunday so‘zlarni qasddan buzib ishlatsa yoki istehzo (masxaralash) ma’nosida ishlatsa, kishi bu bilan albatta gunohkor bo‘ladi. Zero Alloh taolo “Mutoffifiyn” surasida quyidagicha marhamat qiladi:

Albatta, jinoyat qilganlar iymon keltirganlar ustidan kular edilar. Agar mo‘minlar ularning yonidan o‘tsalar, masxaralab ishora qilar edilar”. (29, 30 oyatlar) Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Musulmon" so‘zini xato aytish mumkinmi?
ePN