17:15 / 03.07.2023
281

Mas’uliyat talab etadigan vazifa!

Mas’uliyat talab etadigan vazifa!

Aholining ertangi kunga ishonchi ortishi va bugundan rozilik hissi bilan yashashini ta’minlashda murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish muhim vazifa. Odamlarning muammolarini, talab va ehtiyojlarini yaqindan o‘rganish, ularni joyida hal etish, zarur chora-tadbirlarni belgilab, ijtimoiy adolatni ta’minlash xalqimizda rozilik hissini oshiradi.

Xususan, byuroning Toshkent shahar boshqarmasi va tuman bo‘limlarida ham fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, inson huquqlarini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2023 yilning 5 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 9055 ta murojaat kelib tushgan. Quvonarlisi, ushbu raqam o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga kamayishiga erishilgan.

Albatta buning ortida byuro xodimlarining mashaqqatli mehnatlari evaziga ijro ishlarining ijobiy tamomlanayotgani turibdi. Misol uchun, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilish yuzasidan ko‘rib chiqilgan jami 8123 ta murojaatdan   7237 tasi, ya’ni 89 foizi hal qilinib, shundan 2093 tasi qanoatlantirilgan. Qolgan 5144 tasi bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibga tushuntirishlar berilgan.

Ariza va murojaatlarning qanoatlantirilishi natijasida 1679 nafar fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari tiklangan xolda 14 mlrd 271 mln 308 ming so‘m undirilishi ta’minlangan. Shu bilan birga, Toshkent shahar byuro organlarida va ular tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda 1791 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilingan. Xususan, joriy yilning may oyida boshqarma rahbariyati tomonidan tuman bo‘limlarida o‘tkazilgan sayyor qabulda murojaatlar asosida fuqaro va yuridik shaxslar foydasiga 1 mlrd 82 mln. 744 ming so‘m qarzdorliklarning undirilishi ta’minlandi. Ushbu jarayonda 5 nafar oilani yarashtirishga erishilgan.

Ta’kidlash joizki, Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi organlarida sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlari ijrosini ta’minlash samaradorligini yanada oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida, sifatli ko‘rib chiqishda joylardagi Xalq qabulxonalari va boshqa idoralar bilan ham doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, tizim bilan bog‘liq muammosini hal qilish uchun murojaat qilib kelgan hech kim e’tibordan chetda qolmaydi. Har bir murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, ular ijobiy yechim topishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mas’uliyat talab etadigan vazifa!
ePN