20:06 / 03.07.2023
250

Buxoroda tarixiy obida yonida behayo harakatlar qilgan yigit va qizga chora ko‘rildi

Buxoroda tarixiy obida yonida behayo harakatlar qilgan yigit va qizga chora ko‘rildi

Buxoro viloyatidagi tarixiy obidalar yonida behayo harakatlar qilgan yigit va qizga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda 1 nafar qiz va 1 nafar o‘g‘il bola Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan “Poyi Kalon” majmuasi oldida madaniyatsiz hatti-harakatlar bilan raqsga tushgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur video Buxoro shahar IIO FMB da belgilangan tartibda qayd etilib, mas’ul xodimlar tomonidan kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv harakatlari olib borildi.

Aniqlanishicha, 2022 yilning iyul oyi o‘rtalarida 2004 yilda tug‘ilgan, Buxoro shahar A.Somiy ko‘chasida vaqtincha ijarada yashovchi E.M. ismli ayol o‘zining tanishi 2004 yilda Kogon tumanida tug‘ilgan, hozirda Samarqand temir yo‘l texnikumi 1-bosqich talabasi, Kogon tumani “Taraqqiyot” mahallasida yashovchi A.A. ismli yigit bilan Buxoro shahrining tarixiy qismidagi “Poyi Kalon” majmuasiga soat 05:00 larda kelib, turli beo‘xshov qiliqlar qilgan. Ushbu holat boshqa bir H. ismli tanishining qo‘l telefoniga videoga olingan hamda o‘tgan yili ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, har ikkala fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlikka tortildi va H. ismli fuqaroning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Holatni videoga olib ijtimoiy tarmoqqa chiqarib yuborgan H.ning shaxsiga aniqlik kiritilib, qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikning muqarrarligi ta’minlanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda tarixiy obida yonida behayo harakatlar qilgan yigit va qizga chora ko‘rildi
ePN