20:55 / 03.07.2023
261

“Prava”ni yangisiga almashtirishga ulgurmaganlar jarima to‘laydimi?

“Prava”ni yangisiga almashtirishga ulgurmaganlar jarima to‘laydimi?

Joriy yilning 30 iyun kuni eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishning ikkinchi bosqichi yakunlandi. Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati “prava”ni yangisiga almashtirishga ulgurmagan fuqaro jarimaga tortilmasligi va undan imtihon olinmasligini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda joriy yilning 1 iyulidan boshlab 2012 yilgacha berilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Agarda fuqaro 30 iyun kuniga qadar “prava”sini almashtirishga ulgurmagan bo‘lsa, unga 1 iyul kunidan keyin ham hech qanday jarima to‘lovlarisiz va imtihonlarsiz almashtirish imkoni beriladi.

Muddati o‘tgan yoki belgilangan muddatlarda almashtirilmagan haydovchilik guvohnomasi bilan avtomobil boshqargan taqdiringizda sizga nisbatan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 135-moddasi bilan “hujjatsiz boshqarish” bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi”, — deyiladi xizmat xabarida.

Eslatib o‘tamiz, hukumatning 2017 yil 2 martdagi haydovchilik guvohnomasi va “texpasport”ning yangi namunalarini joriy etishga doir qarorida hujjatlarni majburiy almashtirish muddatlari ko‘rsatilgan.

Qarorda belgilanishicha, 2017 yil 1-oktyabr — 2018 yil 31 dekabr davrida eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari ularning berilgan sanasidan qat’i nazar, egasining yozma arizasiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda yangi namunadagi guvohnomalarga almashtirilishi kerak.

2019 yil 1 yanvardan eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar ularning berilgan sanasiga muvofiq holda yangisiga almashtiriladi. Xususan, 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilgan “prava” va “texpasport”lar 2023 yil 31 martgacha, 2010—2012 yillarda berilganlari 2023 yil 30 iyungacha, 2013—2015 yillarda berilganlari 2023 yil 30-sentyabrgacha yangisiga almashtirilishi lozim. 2015 yildan keyin berilganlarini esa 2023 yil 31 dekabrga qadar majburiy tartibda almashtirish amalga oshiriladi.

Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomalar ularning berilgan sanasiga muvofiq holda yangisiga almashtiriladi. Xususan:

  • 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari — 2023 yil 1 apreldan;
  • 2010—2012 yillarda berilganlari — 2023 yil 1 iyuldan;
  • 2013—2015 yillarda berilganlari — 2023 yil 1-oktyabrdan;
  • 2015 yildan keyin berilganlari — 2024 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Prava”ni yangisiga almashtirishga ulgurmaganlar jarima to‘laydimi?
ePN