Foto: Twitter / ANSA_AFG
Afg‘oniston milliy standartlar boshqarmasi (ANSA) vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Delegatsiyaga standartlar boshqarmasi boshlig‘i Fayzulla Tamim boshchilik qilyapti, deb xabar qildi tashkilot matbuot xizmati.
U o‘zbekistonlik hamkasblari bilan idoralar o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, import va eksportni standartlashtirish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qiladi.
Ta’kidlanishicha, tashrif Birlashgan Millatlar Tashkilotining texnik guruhi doirasida amalga oshirilmoqda.
«Ushbu safardan maqsad institutlar o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, import va eksportni standartlashtirish sohasida hamkorlikni kengaytirish, tijorat muammolarini hal etishdan iborat», — deyiladi xabarda.
Afg‘onistonO‘zbekistonDelegatsiyaStandartlar BoshqarmasiIkki Tomonlama AloqalarTijorat Muammolari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing