21:16 / 07.07.2023
314

Prezidentning munosabati nimani anglatadi?

Prezidentning munosabati nimani anglatadi?

Shvetsiyalik bir maxluq ayni Qurbon hayiti kuni Qur’oni karimni tepib, yoqqani unga mamlakat politsiyasi so‘z erkinligini ro‘kach qilib, himoyachi bo‘lgani hammaga ma’lum. Qur’onga hurmatsizlikni so‘z erkinligi bilan oqlamoqchi bo‘lgan bu davlatda Injilni tahqirlash jinoyat sanalishi, ularning ikkiyuzlamachi ekaniga yuzlab dalillardan yana biri. Mayli, bu alohida mavzu.

O‘sha manfur harakat dunyo musulmonlarini junbushga soldi, ko‘plab davlatlarning rahbarlari, yuqori martalabali rasmiylari va xalqaro tashkilotlar bu harakatni qoralab bayonotlar berishdi. Ular orasida Yurtboshimizning kuni kecha e’lon qilingan munosabatini alohida ta’kidlash o‘rinli. Nima uchun deysizmi? Chunki bu, ko‘pchilik o‘ylaganidek, saylovoldi dasturda saylovchining ko‘nglini olish uchun aytilgan gaplar emas. Zero, sir emas, aholi oldinlari yurt rahbarlaridan saylov arafasida ham, boshqa kunlarda ham bu kabi munosabatu e’tirofni eshitib o‘rganmagani uchun kutmaydi ham. Ya’ni Mirziyoyev shu gapni Prezidentlikka nomzod sifatida aytmaganida ham uning saylov kampaniyasiga putur yetmasdi, nazarimda.

Demak, Mirziyoyev bu gapni ichidan o‘tkazib, samimiy gapirdi.

Demak, Mirziyoyev bu gapni prezidentlikka nomzod sifatida, ochko uchun gapirmadi.

Demak, Mirziyoyev bu gapni O‘zbekistondek aholisining mutlaq ko‘pchiligi musulmon davlatning musulmon Prezidenti sifatida gapirdi.

Demak, Mirziyoyevning Qur’onga muhabbati avvaldan bor va buni 2018 yilning boshida aytgan mana bu gaplari ham tasdiqlaydi: “Qur’onni eshitish, eshita olish ― yuksak ma’naviyat, ma’rifat. Qur’on hech qachon yomonlikka da’vat qilmaydi. Agar Qur’oni karimni eshita olsak, eshittira olsak, bu muvaffaqqiyat bo‘ladi. Elimizga nur keladi!”

Demak, Mirziyoyev mana shu muhabbati tufayli o‘sha, 2018 yili respublika darajasida Qur’oni karim musobaqasi o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi va bu amalga oshdi. Inshaalloh, bu xayrli ish kelgusida yana tavom etadi.

Demak, Mirziyoyev mana shu muhabbati tufayli bugun yurtimizning 32 nuqtasida «Qur’oni Karim va tajvid» o‘quv kurslari ishlab turibdi.

Demak, Mirziyoyev shuning uchun ham yurtimizning qay go‘shasiga safar qilsa, albatta, ulamolarni o‘ziga hamroh qiladi, o‘sha yerning tabarruk maskanini ziyorat etadi va Qur’oni karim tilovatidan bahramand bo‘ladi.

Mazkur bayonot so‘nggi paytlarda ovozlari xiyla ko‘tarilib qolgan, afkor ommani, xususan, yoshlarni o‘zlarining mavhum mafkuralari sari sudrashga urinayotgan “neo”chilar-u, sekulyarchilarni yaxshigina hushyor torttirgan bo‘lsa ajab emas. 

Bu esa o‘zbek xalqi ham, uning rahbari ham o‘zining ming yilllik milliy-diniy qadriyatlariga, xususan Qur’oniga mahkam bog‘liq ekanining yana bir isbotidir.

Manba: Azon.uz


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezidentning munosabati nimani anglatadi?
ePN