15:45 / 10.07.2023
184

O‘zbekistonda hafta o‘rtalarida issiq kuchayadi

O‘zbekistonda hafta o‘rtalarida issiq kuchayadi

Ushbu haftaning katta qismida O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havo yuqori barik o‘rkach rivojlanishi va Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi bilan belgilanadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Havo harorati kundan kunga ko‘tariladi. Hududning katta qismida issiq ob-havoning cho‘qqisi haftaning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. 12–13 iyul kunlari kunduzgi havo harorati 40-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 43-45 darajagacha ko‘tariladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining shimolida 11–12 iyul kunlari eng yuqori harorat 43-45 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Kuchli issiq qisqa muddat kuzatiladi. 13 iyulda O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida, 14 iyulda respublikaning barcha hududlarida atmosferadagi janubiy oqimlar g‘arbiy oqimlarga o‘zgaradi va havo harorati 33-38 darajagacha, janubda 40 darajagacha pasayadi. Bunday harorat foni dam olish kunlarida ham saqlanib turadi.

Hafta davomida respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo kam bulutli va asosan quruq bo‘lishi kutilmoqda.

10–12 iyulda shimolda va cho‘l hududlarda, 13–14 iyul kunlari respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkentda 10–14 iyul kunlari asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi asosan kuchsiz bo‘ladi. 10 iyul kunduz kuni harorat 37-39 daraja bo‘ladi, 11-13 iyulda harorat asta-sekin ko‘tariladi va 12–13 iyul kunlariga kelib 39-42 darajagacha bo‘ladi. 14 iyulda 36-38 darajaga tushadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda hafta o‘rtalarida issiq kuchayadi
ePN