12:53 / 12.07.2023
426

«Hyundai Elantra» ishqibozi mashinasidan ayrilish arafasida

«Hyundai Elantra» ishqibozi mashinasidan ayrilish arafasida

Banklar tomonidan avtotransport vositalarini sotib olish uchun berilayotgan kredit imkoniyatlaridan foydalanib, to‘lovlariga kelganda paysalga solish holatlari uchramoqda. Bunday hollarda bank yuristlari ham jim o‘tirishmaydi, albatta.

Murod (qarzdor ismi o‘zgartirilgan) ham «Kapitalbank» orqali «Elantra» sotib oldi. Oldiniga to‘lovlarni oyma-oy to‘lashga harakat qildi, lekin oradan ozgina vaqt o‘tib, qarzlarini to‘lamay qo‘ydi. 177 mln. so‘m kredit qarzi bo‘yicha ish sudga oshirilib, undiruv avtomashinaga qaratilishi belgilandi.

Byuroning Baliqchi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdor ogohlantirilgan, biroq qarzini to‘lamagach, «Hyundai Elantra» jarima maydoniga olib kirib qo‘yilgan. Hozirda avtomashinani elektron onlayn auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Hyundai Elantra» ishqibozi mashinasidan ayrilish arafasida
ePN