16:21 / 13.07.2023
127

Toshkent metrosida kuniga qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi

Toshkent metrosida kuniga qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi

Toshkent metrosida 2016 yilda kuniga 160 ming yo‘lovchi tashilgan bo‘lsa, hozirda bu raqam 620-630 mingga yetgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.

Infografika: Toshkent shahar hokimligi 

Toshkent metrosida 2016 yilda kuniga 160 ming yo‘lovchi tashilgan. 2020 yilga kelib bu ko‘rsatkich 240-280 mingga yetgan. Yo‘lovchilar yildan yilga ko‘payib, o‘tgan 2022 yilda kunlik 500-550 ming nafarni tashkil etgan. So‘ngi hisob-kitoblarga qaraganda, metropoliten 2023 yilning birinchi yarim yilligida bir kunda 620-630 ming yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazmoqda.

“Toshkent metropoliteni ishga tushganidan buyon o‘tgan 46 yil davomida yo‘nalishlari bittadan to‘rttaga ortdi. Uzunligi 12,3 kilometrdan 67,2 kilometrga yetdi. Bekatlari soni 9 tadan 48 taga oshdi. Bekatlarning 31 tasi yer ostida va 17 tasi yer ustida joylashgan”, — deyiladi manba ma’lumotida.

Hozir poytaxtda “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishining davomi sifatida yana 2 ta bekat qurilmoqda. Bu bilan metro yo‘lining umumiy uzunligi 70 kilometrdan ortishi rejalashtirilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent metrosida kuniga qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi
ePN