11:04 / 14.07.2023
112

Xorijiy aviakompaniyalarga O‘zbekistonga aviatashuvlar uchun ruxsatnoma onlayn beriladi

Xorijiy aviakompaniyalarga O‘zbekistonga aviatashuvlar uchun ruxsatnoma onlayn beriladi

Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, xorijiy aviakompaniyalar tomonidan O‘zbekistonga muntazam aviatashuvlarni amalga oshirish uchun ruxsatnomalarni onlayn rasmiylashtirish imkonini beruvchi «Forma R» axborot tizimi ishga tushirildi.

Endilikda xorijiy aviakompaniya rasmiy vakili air.uztrans.uz manzili orqali belgilangan shaklda onlayn ariza to‘ldiradi. Shu kunga qadar mazkur jarayon an’anaviy usulda, qog‘oz ko‘rinishidagi ruxsatnomalarni rasmiylashtirish orqali amalga oshirib kelinayotgan edi.

Ushbu axborot tizimining ishga tushirilishi va jarayonning raqamlashtirilishi natijasida ortiqcha qog‘ozbozlik va ovoragarchilikning oldi olindi. Buning natijasida ruxsatnoma rasmiylashtirish jarayonida vaqt sarfi sezilarli darajada kamaytirildi.

Ruxsatnomani kelishish jarayonida, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va «O‘zaeronavigatsiya markazi» DUK hamda Uzbekistan Airports AJ tomonidan ko‘rib chiqiladi va transport vaziri o‘rinbosari tomonidan maxsus shakllantirilgan QR-kodga elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijiy aviakompaniyalarga O‘zbekistonga aviatashuvlar uchun ruxsatnoma onlayn beriladi
ePN