Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida banklar tomonidan imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish ko‘lami tobora kengayib bormoqda.
Biroq, amaliyotda tadbirkorlik subyektlari tomonidan kredit shartnomasida belgilangan majburiyatlarni bajarmasdan mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish holatlari ham uchrab turadi.
Misol uchun, ATB “Mikrokreditbank” Navoiy viloyati filiali tomonidan “N.F.E” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari G‘.E.ga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida 1 mlrd. 200 mln. so‘m miqdorida kredit ajratilgan.
Kredit shartnomasi bo‘yicha mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari o‘z majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajarmaganligi sababli, Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining 23.06.2023 yildagi ijro hujjatiga asosan bankka yetkazilgan zararni undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro Byurosi Navoiy shahar bo‘limiga kelib tushgan bo‘lib, olib borilgan ijro harakatlari davomida MCHJ rahbaridan 1 mlrd. 200 mln. so‘m miqdorida zarar pullari to‘liq undirilishi ta’minlangan.
Ushbu jamiyat rahbari tomonidan kredit qarzdorligi belgilangan maqsadda sarflanganida shu kabi ortiqcha xarajatlar va harakatlar amalga oshirilmas edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!