20:25 / 15.07.2023
383

Qizchalarini qiynab videoga olgan ayoldan bolalari olib qo‘yildi

Qizchalarini qiynab videoga olgan ayoldan bolalari olib qo‘yildi

Voyaga yetmagan farzandlarini urgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari J.Sagdullayev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat joriy yil 14 iyul kuni Kattaqo‘rg‘on tumani «Balandravot» MFYga qarashli Tuynak qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Ayni damda Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali muloqotda yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli 1996 yilda tug‘ilgan Z.Sh. ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarini urib, holatni tasvirga olib turmush o‘rtog‘iga yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda bolalarning ahvoli yaxshi. Ular onasidan olinib, qarindoshlari qaramog‘iga berilgan. Holat mutasaddilar nazoratiga olingan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qizchalarini qiynab videoga olgan ayoldan bolalari olib qo‘yildi
ePN