07:00 / 16.07.2023
50

Atmosfera ifloslanishini monitoring qilish uchun kichik stansiyalar o‘rnatiladi

Atmosfera ifloslanishini monitoring qilish uchun kichik stansiyalar o‘rnatiladi

O‘zbekistonda atmosfera ifloslanishini monitoring qilish uchun 347 ta avtomatlashgan kichik stansiya o‘rnatiladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Shu yilning 1 dekabriga qadar mamlakatdagi tuman va shaharlarda atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini amalga oshirish uchun 347 ta avtomatlashgan kichik stansiya o‘rnatiladi.

Ular Ekologiya vazirligi tomonidan tasdiqlangan texnik talablar va hududlarga joylashtirish xaritalari asosida Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan o‘rnatiladi.

Shuningdek, kichik stansiyalarni joylashtirishda tuman va shaharlarning geografik joylashuvi, iqlimiy ko‘rsatkichlari hamda sanoatlashuvi inobatga olinadi.

Aytilishicha, 2024 yil 1 yanvardan Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida o‘rnatiladigan avtomatlashgan kichik stansiyalar ma’lumotlari yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilinadi va rasmiy veb-saytlarda real vaqt rejimida muntazam yangilab boriladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Atmosfera ifloslanishini monitoring qilish uchun kichik stansiyalar o‘rnatiladi
ePN