09:49 / 18.07.2023
144

Urganchdagi bankda pnevmatik to‘pponcha bilan qurollangan yigit qo‘lga olindi

Urganchdagi bankda pnevmatik to‘pponcha bilan qurollangan yigit qo‘lga olindi

Foto: Milliy Gvardiya matbuot xizmati

Urganchda bank binosida pnevmatik to‘pponcha bilan qurollangan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy Gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

11 iyul kuni soat 11:07 da Urganch shahar “Qo‘riqlash” bo‘limiga Navoiy ko‘chasida joylashgan “Xalq bank” filialidan “tashvish” signali kelib tushgan.

Olingan xabarga ko‘ra voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan tezkor harakatlanuvchi guruh tomonidan pnevmatik to‘pponcha bilan bank binosiga kirishga harakat qilgan fuqaro qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha bank filialida xizmat vazifasini olib borayotgan “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimi ushbu fuqaroni binoga kiraverishda ko‘zdan kechirish jarayonida payqab, to‘xtatib qolgan va tashvish tugmasi orqali xabar bergan. O‘z vaqtida yetib kelgan tezkor guruh xodimlari tomonidan qo‘lga olingan ushbu fuqaro Urganch shahrida yashovchi X.A. ekani aniqlangan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urganchdagi bankda pnevmatik to‘pponcha bilan qurollangan yigit qo‘lga olindi
ePN