20:23 / 18.07.2023
688

Toshkentda bir qancha fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

Toshkentda bir qancha fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

Toshkent shahar Chilonzor tumanida bir qancha fuqarolar o‘zaro janjallashgani aks etgan videolar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. IIBB axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 18 iyulga o‘tar kechasi taxminan soat 00:40 larda Chilonzor va Uchtepa tumanlari hududida joylashgan Zargarlik ko‘chasida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashgan. Voqea joyiga yetib kelgan IIO xodimlari fuqarolarni tinchlantirib, huquqbuzar shaxslarni IIBga olib borgan. Janjal natijasida bir nafar fuqaro “peshona sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi” jarohati bilan tibbiy yordam uchun murojaat qilgan, so‘ng uyiga ketgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, tekshiruv yakuni bo‘yicha aybdor shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

O‘rganishlar jarayonida, shu kuni taxminan soat 00:30 larda ushbu hududda Nexia va Cobalt o‘zaro to‘qnashgani sababli fuqarolar YTHni ko‘rish uchun to‘plangani aniqlangan. To‘qnashuv natijasida hech kim jarohatlanmagan, to‘qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bir qancha fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi
ePN