date
views 230

Fermer xo‘jaligi rahbarining firibgarligi

Fermer xo‘jaligi rahbarining firibgarligi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda «A.Sh.» fermer xo‘jaligi rahbari Sh.Q. fuqaro O.Q. tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurib olingan savdo do‘koniga go‘yoki tuman kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 2 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, Sh.Q. tomonidan 300 AQSH dollarini qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fermer xo‘jaligi rahbarining firibgarligi