17:30 / 19.07.2023
163

Zarafshonda inspeksiya rahbari 2,5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Zarafshonda inspeksiya rahbari 2,5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan inspeksiya boshlig‘i ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Zarafshon shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Zarafshon shahar tabiat resurslari inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi N.Ya. fuqarolar N.H va K.M.ni tanishlari yordamida tuman tibbiyot birlashmasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 2 500 AQSH dollarini olib, ushbu pullarni tanishi M.O.ga qoldirib, Zarafshon shahar 12-kichik tuman 51-uyning oldiga kelgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zarafshonda inspeksiya rahbari 2,5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
ePN