Qashqadaryoda yuk mashinasi yo‘l chetiga chuqurga ag‘anab ketdi (foto)

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida ichida ikki fuqaro bo‘lgan Isuzu ag‘anab ketdi. FVV axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, holat 19-iyul kuni soat 14:02 da G‘uzor–Samarqand yo‘nalishida A-378 yo‘lining 90-kilometrida sodir bo‘lgan. Isuzu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetiga ag‘anab, avtomashina saloni ichidagi 2 nafar fuqaro qisilib qolgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga yetib borib, qutqaruvchilar tomonidan atrofdagi odamlar yordamida jabrlangan 2 nafar fuqaro avtomashina ichidan olib chiqildi va tuman Tibbiyot birlashmasiga yuborildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing