10:41 / 20.07.2023
460

Toshkentda 20 yoshli instabloger vafot etdi

Foto: Instagram

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida qariyb 1 million obunachiga ega bo‘lgan bloger “Asad-algo” vafot etdi. Bu haqda uning yaqin do‘sti Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Yigit 19 iyul kuni soat 20:30 da jonlantirish bo‘limida vafot etgani aytilmoqda — miyasini operatsiya qilish vaqtida yuragi to‘xtab qolgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibining yozishicha, 20 yoshli bloger vafot etgani holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marhumning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

“Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 20 yoshli instabloger vafot etdi
ePN