Joriy yilning 24-27 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kutilyapti. Bu haqda “O‘zgidromet” bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu sababli havo harorati:
- 24-25 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida +41...+42 darajagacha;
- 24-27 iyulda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +42...+44 darajagacha;
- 25-27 iyulda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +41...+42 darajagacha ko‘tariladi.
24-26 iyul kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ba’zi joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar