11:35 / 21.07.2023
123

Qashqadaryo viloyatining 100 yilligi nishonlanadi

Qashqadaryo viloyatining 100 yilligi nishonlanadi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 24 fevral kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishi 12-son 24-bandida «2024 yilda Qashqadaryo viloyatining 100 yillik yubileyini nishonlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritish» topshirig‘i berilgan.

Hujjatda mamlakat boy tarixi va madaniyatida, milliy davlatchilik hamda ko‘hna qadriyatlar shakllanishi va rivojlanishida alohida o‘rin tutib kelgan, neft-gaz sanoati, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda katta salohiyatga ega bo‘lgan Qashqadaryo viloyatining 100 yillik sanasini munosib nishonlash taklifi berilgan.

Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat faollari, ijodkor ziyolilar hamda jamoat tashkilotlari vakillarining Qashqadaryo viloyatining 100 yillik yubileyini 2024 yil noyabr oyida Qarshi shahrida keng nishonlash haqidagi takliflari ma’qullanishi mumkin.

Loyihaning ijrosi bilan bog‘liq kutilayotgan natijalar: Qarshi, Shahrisabz shaharlari va tumanlarda bunyod etilgan binolar ta’mirlanib, atroflari obodonlashtiriladi, ular zamonaviy yoritish jihozlari bilan ta’minlanadi.

Bundan tashqari, viloyat yubiley tadbiri munosabati bilan xalqaro ilmiy anjuman, turli ko‘rik-tanlov va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilishi belgilangan.

Qashqadaryo viloyatining 100 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tadbirlari dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning doirasida tantanali bayram tadbiri o‘tkazish, teatrlashtirilgan bayram dasturi tayyorlash, “Qashqadaryo viloyatining ilmiy va innovatsion salohiyati” xalqaro ilmiy anjumanini o‘tkazish kabilar mavjud.

UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy komissiyasi va xalqaro tashkilotlar ishtirokida “Qashqadaryoning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etiladi. Viloyatning 100 yillik yubileyiga bag‘ishlab baxshi-shoirlarning “Dostonlarda yurt madhi” viloyat ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryo viloyatining 100 yilligi nishonlanadi
ePN