20:10 / 22.07.2023
97

O‘zbek-turkman chegarasi hududida savdo markazi quriladi

O‘zbek-turkman chegarasi hududida savdo markazi quriladi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga o‘zbek-turkman chegarasi hududida savdo markazini loyihalash va qurish bo‘yicha shartnoma tuzishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi.

Shartnoma, shuningdek, hududni obodonlashtirish va aloqa, elektr va suv ta’minoti uchun tashqi muhandislik tizimlarini yotqizishni o‘z ichiga oladi.

Mazkur obyekt Turkmanistonning qo‘shni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida, shuningdek, Turkmaniston hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida 2021 yil 5 oktyabrda imzolangan Turkmaniston-O‘zbekiston chegarasidagi savdo zonasi – savdo markazini tashkil etish va tartibga solish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq quriladi.

Hujjatda qurilish ishlarini 2023 yil iyul oyida boshlash va savdo markazini 2025 yil iyul oyida foydalanishga to‘liq tayyor holda topshirish ko‘zda tutilgan, deb xabar bermoqda Turkmaniston davlat axborot agentligi.

Savdo markazi Turkmanistonning Dosho‘g‘iz viloyati va O‘zbekistonning Xorazm viloyatiga (Shovot tumani) tutash hududda qurilishi rejalashtirilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbek-turkman chegarasi hududida savdo markazi quriladi
ePN