21:32 / 22.07.2023
149

Namanganda Shimoliy Farg‘ona kanaliga tushib ketgan 2ta "Damas" olib chiqildi

Namanganda Shimoliy Farg‘ona kanaliga tushib ketgan 2ta "Damas" olib chiqildi

Bugun, 22 iyul kuni soat 12:50da FVBga Namangan viloyati Namangan shahar “G‘uncha” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Shimoliy Farg‘ona kanaliga “Damas” rusumli avtomobil tushib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga Namangan viloyati FVB qutqaruv otryadi xodimlari yetib borib, maxsus texnika yordamida kanaldan avtomobilni olib chiqayotgan vaqtda yana bir "Damas" avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, ushbu kanalga tushib ketgan.

Birinchi avtomobil salonida yo‘lovchilar bo‘lmagan. Ikkinchi avtomobil salonida 5 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

FVV qutqaruvchilari ikkinchi avtomobil salonidan yo‘lovchilarni qutqarib, hayotini saqlab qolgan. Bir nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani aytiladi.

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda Shimoliy Farg‘ona kanaliga tushib ketgan 2ta "Damas" olib chiqildi
ePN