06:30 / 23.07.2023
68

«Toshshahartransxizmat»ning barcha avtobuslari «tonirovka» qilinadi

«Toshshahartransxizmat»ning barcha avtobuslari «tonirovka» qilinadi

Foto: Twitter / @Mamurjonaka

Toshkent shahrida yon oynalari qoraytirilgan avtobuslar harakatlanmoqda. Kun.uz «tonirovka»li avtobuslar bo‘yicha «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmatidan izoh so‘radi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, avtobus salonini sovitishda sarflanayotgan yonilg‘i va elektrni iqtisod qilish uchun tashkilot tasarrufidagi barcha avtobuslarning yon oynalari bepul qoraytirilishiga ruxsat berilgan.

Ta’kidlanishicha, bu jarayonda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hisobidagi 144,4 ming kvadrat metr plyonkalar «Toshshahartransxizmat»ga taqdim etiladi.

Qayd etilishicha, avtobuslarni «tonirovka»lash prezidentning shu yil may oyida Chilonzor tumaniga qilgan tashrifi yakunlari bo‘yicha berilgan topshiriqlar bayonining 37-bandiga asosan amalga oshirilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Toshshahartransxizmat»ning barcha avtobuslari «tonirovka» qilinadi
ePN