13:00 / 23.07.2023
124

Quyi palata tomonidan ko‘rib chiqilgan qonunlar

Quyi palata tomonidan ko‘rib chiqilgan qonunlar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi joriy yilning o‘tgan 6 oyligi davomida qonun ijodkorligi bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan “Daryo”ga axborot berdi.

Maʼlum qilinishicha, quyi palata tomonidan jami 89 ta qonun loyihasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 48 tasi birinchi yarim yillikda kiritilgan, 41 tasi esa avvalgi 2022-yildan o‘tgan qonun loyihalaridir.

Jumladan, “Maʼmuriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 332-1-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonuni bilan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan jarimaning 50 foizini o‘n besh kun ichida, 70 foizini o‘ttiz kun ichida ixtiyoriy ravishda to‘lash tartibi joriy etildi. Mazkur tartibning sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq qilinishi belgilandi.

“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan ayollarga nisbatan jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlik qilish, ularni qonunda taʼqiqlangan ishlarga majburlaganlik, shuningdek, 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar uchun jazo choralari og‘irlashtirildi.

Bundan tashqari, shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi, shaʼni va nomusini kamsituvchi maʼlumotlarni oshkor qilganlik uchun qatʼiy jinoiy javobgarlik belgilandi.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlarning bank hisobvaraqalaridagi pul mablag‘lari daxlsizligini taʼminlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqalaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz ko‘chirish yoki olib qo‘yish holatlari bo‘yicha maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilandi.

Qo‘shimcha qilinishicha, mansabdor shaxslarga 8 ta parlament so‘rovi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga jami 52 ta deputat so‘rovi yuborilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Quyi palata tomonidan ko‘rib chiqilgan qonunlar
ePN