Prezident tomonidan “O‘zbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.
Quyidagi prezident hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq, tezkor-qidiruv tadbirlari va taftishlar Biznes-ombudsman bilan kelishilmagan holda o‘tkaziladi:
- 19.11.1998 yildagi “Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida”gi PF-2114-son;
- 27.07.2018 yildagi «Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5490-son.
nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (13.09.2022 yildagi PQ-374-son prezident qarori bilan tasdiqlangan).
Ma’lumot uchun, hozirgi paytda:
- tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish «xavfni tahlil etish» tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi;
- nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart;
- tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat Biznes-ombudsman tomonidan amalga oshiriladi.
Tekshiruvni o‘tkazish Biznes-ombudsman bilan kelishgan yoki uni xabardor etgan holda «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston RespublikasiTadbirkorlik Sub’yektlariPrezident FarmoniTekshiruv TartibiBiznes-OmbudsmanHuquqlar Himoyasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar