Joriy yilning 26 iyul kuni Telegram tarmog‘ining NazoratUz kanalida “MIB xodimlarining vakolatlari shunchalik cheksizmi?” nomli xabar joylashtirildi.
Mazkur xabar bo‘yicha Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining hujjatiga asosan qarzdor “LOLA FARZONA FAVORIT” MCHJdan G.Tadjibayevaning foydasiga 4 mln. 959 ming so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituviga 25.07.2023 yilda kelib tushgan va ijro ishi bo‘yicha taraflarga qo‘zg‘atish qaroridan nusxalar yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 26-moddasiga asosan ijro harakatlari ish kunlarida soat 8-00 dan 22-00 gacha amalga oshirilishi inobatga olingan holda, davlat ijrochisi K.Yoqubov tomonidan qarzdor tashkilot “LOLA FARZONA FAVORIT” MCHJ rahbari bilan 25.07.2023 yil kuni soat 21:05 larda telefon orqali bog‘lanilib, mazkur ijro hujjati yuzasidan og‘zaki tushuntirish berilgan hamda davlat ijrochisi Qonunning 21,23,87-moddalariga asosan undiruvchining arizasiga binoan yoki o‘z tashabbusi bilan mulkiy undiruv bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda qarzdorning mol-mulkini ro‘yxatga olib, ularni xatlanishi hisob raqamlariga band solinishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
O‘z navbatida, korxona rahbari tomonidan “LOLA FARZONA FAVORIT” MCHJ hisob-raqamlariga taqiq qo‘ymay turilishini so‘ragan hamda ijro hujjati yuborgan sudga apellyatsiya shikoyati berilishini bildirgan.
Keltirilgan xabarda, tadbirkorlik subyektining unga nisbatan bo‘lib o‘tgan sud jarayonidan xabari yo‘qligi masalasida sudga murojaat etishi lozim, davlat ijrochisi ijro ishi kelib tushgan kundan boshlab, ijro harakatlariga kirishadi va bu haqida tomonlarga ma’lum qilishi lozim.
Davlat ijrochisi K.Yoqubov ham korxona rahbariga o‘z vaqtida qarzdorlik bartaraf etilmasa, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, hisob raqamiga band qo‘yish harakatini o‘tkazishi mumkinligini tushuntirgan.
Korxona foydasiga ijro ishini to‘xtatish haqidagi hujjat bo‘lmasa, ijro harakatlari davom ettirilaveradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!