17:30 / 28.07.2023
188

O‘zbekistonda yagona «112» tezkor raqami va dispetcherlik tizimi ishga tushiriladi

O‘zbekistonda yagona «112» tezkor raqami va dispetcherlik tizimi ishga tushiriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistonda 2024 yildan bosqichma-bosqich aholining barcha tezkor va shoshilinch murojaatlarini hal qilish maqsadida yagona 112 tezkor raqami va dispetcherlik tizimi ishga tushiriladi.

Ichki ishlar va Raqamli texnologiyalar vazirliklariga ikki oy muddatda har bir viloyat-tuman-mahalla kesimida ijtimoiy va kriminogen muammolarni raqamlashtirish orqali «Ijtimoiy vaziyat» axborot tizimini ishga tushirish topshirildi.

Bunda, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan ijtimoiy muammolarning yagona reyestri shakllantiriladi, mas’ul idoralarning kuchi muammoga qarab manzilli yo‘naltiriladi.

Bundan buyon viloyat va tuman ichki ishlar rahbarlari har oyda kamida bir marta tuman va shahar kengashlariga jinoyatchilik ahvoli bo‘yicha hisobot berishi belgilandi.

Ichki ishlar va Raqamli texnologiyalar vazirliklari oldiga aholining barcha tezkor va shoshilinch xizmatlarga murojaatlarini operativ hal qilish maqsadida yagona «112» tezkor raqami va dispetcherlik tizimini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Ushbu tizim 2024 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida, 1 iyulga qadar vodiy viloyatlarida, kelasi yil yakuniga qadar esa barcha tuman va shaharlarda ishga tushirilishi shart.

Shu orqali navbatchilik qismlari faoliyati ham tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yagona «112» tezkor raqami va dispetcherlik tizimi ishga tushiriladi
ePN