20:30 / 29.07.2023
251

Buxoroda tovlamachilik qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Buxoroda tovlamachilik qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Buxoro viloyatida ichki ishlar organlari xodimlari niqobi ostida tovlamachilik qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Shofirkon tumani “Yangiqishloq” mahallasida yashovchi 41 yoshli H.Z. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi N.O. (2000-yilda tug‘ilgan), Shofirkon tumani “Quyi Chuqurak” mahallasida yashovchi G.O. (1986-yilda tug‘ilgan), Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi A.F. (1994-yilda tug‘ilgan) hamda Toshkent viloyati Bekobod tumanida yashovchi qiz U.S. (2007-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan) bilan oldindan jinoiy til biriktirgan.

H.Z. guruh aʼzolarini Shofirkon tumanida yashovchi 31 yoshli J.O. ismli fuqaroning puli ko‘p ekani, voyaga yetmagan bir qiz topib u bilan jinsiy aloqaga kirishtirib, ularni bu vaqtda ushlab olib, fuqaroni jinoiy javobgarlikka tortish bilan qo‘rqitish orqali ko‘p miqdorda pul talab qilib olishga qiziqtirgan.

Jinoiy rejaga ko‘ra, 26-iyul kuni voyaga yetmagan S.Sh. va jabrlanuvchi (jinoiy sherigi F.A. ga tegishli bo‘lgan) Navoiy shahar “G‘alaba shoh” ko‘chasida jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berilgan. Ular jinsiy aloqa qilayotgan vaqtida guruh a’zolari uyga to‘satdan kirib borib, o‘zlarini ichki ishlar organlari xodimlari sifatida tanishtirgan.

Guruh a’zolari go‘yoki jabrlanuvchini jinoyat ustida ushlanganini va voyaga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilgani uchun qamoqqa olinishini aytgan. Ular fuqaro J.O.ni qo‘rqitib, tanasining turli joylariga urib, qo‘l telefoni va avtomashinasining kalitini olib qo‘ygan. Uning erkini cheklab, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinaning orqasiga o‘tqizib, Buxoro viloyati IIB ga olib borishlarini aytgan.

Jabrlanuvchi 27-iyulga o‘tar kechasi soat 04:30 larda Buxoro shahridagi “Ark” qo‘rg‘oni oldiga olib kelingan. Ular ishni tinchitish uchun juda ko‘p miqdorda, yaʼni 15 ming dollar talab qilgan.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumot asosida 27-iyul kuni tong vaqtida o‘tkazilgan tadbir davomida ushbu tovlamachilar jabrlanuvchining akasidan talab qilingan pullarni olmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovalamachilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 4 nafar ayblanuvchi qamoqqa olingan holda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda tovlamachilik qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
ePN