Joriy yilning 26 iyul kuni “Milliy” telekanalining “Millar“ teleko‘rsatuvida Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan uyni buzish ijro ishi ijrosi ta’minlanmayotganligi haqidagi tayyorlangan ko‘rsatuv bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan undiruvchi Chilonzor tuman hokimiyati foydasiga Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Do‘mbirobod 2-tor ko‘chasi, 10-uy manzilida noqonuniy qurilayotgan ko‘p qavatli uy qarzdor A.Raximov (Davlat ijrochisining 2023 yil 25 yanvardagi qaroriga asosan 100722042703-sonli ijro ishi yuritishni qarzdor A.Raximovdan I.Mashurbekov o‘g‘liga o‘zgartirilgan) I.Mashurbekov hisobidan buzdirib tashlash to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituviga 12.05.2022 yilda kelib tushgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu turar joy 2021 yil 10 avgustdagi oldi sotdi shartnomasiga asosan, qarzdor A.Raximovning nomida bo‘lgan uy yashovchi fuqaro I.Mashurbekov nomiga rasmiylashtirilgan.
Shu sababli, davlat ijrochisi tomonidan sudning ijro varaqasi yuzasidan javobgarni o‘zgartirish bo‘yicha qo‘shimcha ajrim yoki ijro hujjatini bekor qilib yangi ochilgan holat bo‘yicha ijro varaqa chiqarishni so‘rab sudga murojaat qilingan.
Sud esa, qaror ijrosini o‘z kuchida qoldirilgan.
Majburiy ijro harakatlari davrida, undiruvchi Chilonzor tuman hokimligi vakili vakili qatnashmayotganligi, sudning ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun maxsus texnika va ishchi kuchi zarurati bo‘lganligi sababli ijro harakatlarini amalga oshirish keyinga qoldirilgan hamda tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari, hozirgi kunda qarzdor I.Mashurbekov ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda bajarmaganligi sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 198-1-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima qo‘llanilgan va Jinoyat Kodeksining 232-moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi haqida qarzdorning doimiy yashash manziliga bir necha bor ogohlantirish xati yuborilgan.
Keyingi majburiy ijro harakatlari joriy yilning 2 avgust kuni soat 11-00 ga tayinlangan.
Ommaviy axborot vositalari orqali ijro ishi yuzasidan murojaat qilgan fuqaro L.Berdiyeva, aslida ish bo‘yicha taraf hisoblanmaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!