date
views 109

Karmanalik qarzdor otadan 40 mln. so‘m aliment pullari undirildi

Karmanalik qarzdor otadan 40 mln. so‘m aliment pullari undirildi

Barchamizga ma’lumki, farzandlariga moddiy yordam ko‘rsatishni rad etish bola huquqlarining buzilishi hisoblanadi. 
Albatta, har bir inson u yoki bu vaziyatda qanday yo‘l tutishni o‘zi tanlaydi. Biroq, tanlangan yo‘l bolaning yuzidagi tabassumi va quvonchidan mahrum qilmasligi lozim.

Afsuski, bugungi kunda aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamasdan, farzandlarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelayotgan fuqarolar haqida tez-tez eshitib turamiz. Aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamasliklari hisobiga bolani yangi kiyimdan, yangi o‘yinchoqdan mahrum qiladilar.

Buni byuroning Karmana tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor B.B.dan undiruvchi G.N.ning foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati misolida ko‘rsak bo‘ladi.

Ushbu ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida qarzdor tomonidan to‘lanmasdan kelgan jami 40 mln. so‘m aliment pullari undiruvchi G.N.ning foydasiga undirib berildi.

Zimmasidagi mas’uliyat va sud qarori ijrosini ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdorlarni ko‘plab misol keltirish mumkin. Biroq, aliment bu qarz emas, balki farzand voyaga yetgunga qadar beriladigan ta’minotidir. Buni bajarish esa, har bir ota-onaning burchidir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karmanalik qarzdor otadan 40 mln. so‘m aliment pullari undirildi