date
views 796

Vazir: Hokim qamashga buyruq bergan direktor ozod etildi

Vazir: Hokim qamashga buyruq bergan direktor ozod etildi

Surxondaryo viloyati hokimiga gap qaytargan direktorni qamalgani haqida video tarqaldi. Ushbu hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanidagi 28-maktab sobiq direktori Umida Tursunovani hibsga olishga buyruq bergan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri e’lon qilgan munosabatda ko‘rinadiki haqiqatdan ham ayol ma’lum muddat hibsda ushlab turilgan.

O‘z haqini talab qilgan direktorni ma’muriy qamoq jazosidan ozod etilganini ma’lum qilgan vazir Xilola Umarova vaziyatni shaxsan o‘z nazoratiga olganini aytib o‘tgan.

Shuningdek, u ta’lim sohasi hodimlariga odob ahloq me’yorlarini ham eslatib o‘tdi:

«Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28- maktab direktori bilan bog‘liq vaziyatni shaxsan o‘z nazoratimga oldim. Maktab direktori ayni damda ma’muriy qamoq jazosidan ozod etildi.

«Shu o‘rinda ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir shaxs o‘z muomala madaniyati bilan barchaga o‘rnak bo‘lishi lozimligini eslatib o‘tmoqchiman», deydi vazir.

Shuningdek, vazir direktor ishdan olinmasligi va faoliyatini davom ettirishini aytdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazir: Hokim qamashga buyruq bergan direktor ozod etildi