Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Xususan, viloyat hokimligining tegishli farmoyishi bilan Ishchi guruhlar tashkil etilib, aliment bilan bog‘liq 24 622 ta hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida ish tashkil etilgan. Ishchi guruhlar tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida salkam 16 mlrd. so‘m qarzdorliklar undirildi. 53 nafar qidiruvdagi shaxslar topildi. Bundan tashqari, 384 nafar ishsiz qarzdorlarni bandligini ta’minlashga ko‘maklashildi. Olib borilgan tushuntirishlardan so‘ng 892 ta oilani yarashtirishga erishildi.
Masalan, Davlatobod tumanida prokuratura va bandlik markazi hamkorligida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida.
35 nafar qarzdor fuqaro taklif etildilar. Tadbir davomida ishsiz aliment to‘lovchilarga korxona, tashkilotlar vakant o‘rinlari taklif etildi yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. Yakunda 11 nafar fuqaro ishga joylashtirildi. Qolgan qarzdorlarga yo‘llanmalar berildi.
Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!