15:07 / 06.08.2023
426

Jizzaxda bog‘cha direktori pichoqlab o‘ldirildi

Jizzaxda bog‘cha direktori pichoqlab o‘ldirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Forish tumanidagi qishloqlardan birida bog‘cha direktori pichoqlab o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 5 avgust kuni soat 02:30 da Jizzax viloyati Forish tumani «Do‘stlik» mahallasida yashagan 1975 yilda tug‘ilgan A.X. Forish tumani tibbiyot birlashmasiga tan jarohatlari bilan olib kelingan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan unda biologik o‘lim qayd etilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv jarayonida A.X.ga 5 avgust kuni soat 00:30 da uning mahalladoshi 1989 yilda tug‘ilgan O.A. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida oshxona pichog‘i bilan tana qismiga ikki marta zarba bergani aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Forish tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat sodir etishda gumonlangan shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat