Foto: TIV axborot xizmati
Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sanjay Verma boshchiligidagi Hindiston delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Delegatsiya Tashqi ishlar vazirligida vazir Baxtiyor Saidov tomonidan qabul qilindi. Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston-Hindiston siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
«Biz jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston–Hindiston hamkorligi va yuqori sur’atni saqlashda tashqi ishlar vazirliklarining faol o‘rniga alohida e’tibor qaratdik»,- deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida muzokaralardan so‘ng.
Siyosiy maslahatlashuvlarning 16-davrasida O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahrom A’loyev, Hindiston tomoniga tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sanjay Varma boshchilik qildi.
Hindiston delegatsiyasi dasturidan, shuningdek, Buxoro va Samarqand shaharlariga tashrif buyurish va 15 avgust — Hindiston mustaqillik kuni munosabati bilan tashkil etiladigan bayram tadbirida ishtirok etish o‘rin olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!