11:41 / 12.08.2023
248

Surxondaryoda 1 mln dollarlik kredit mablag‘lari talon-toroj qilindi

Surxondaryoda 1 mln dollarlik kredit mablag‘lari talon-toroj qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida “S.L.” va “Q.T.” MCHJ norasmiy rahbari U.J. va boshqalar tijorat banki xizmatlar markazidan “S.L.” MCHJga limonchilik uchun issiqxona qurish maqsadida ajratilgan kreditni “Q.T.” MCHJga o‘tkazgani aniqlangan. Ular amalda zamonaviy issiqxona tashkil etmasdan, soxta hujjatlar orqali ushbu mablag‘ni lizing to‘lovlari va boshqa maqsadlarga yo‘naltirish orqali jami 1 million dollarlik mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Shu kabi, departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.A.” XK masʼul shaxslari va boshqalar tijorat banki filialidan xususiy korxonaga ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish maqsadida ajratilgan 912 million so‘m kreditni boshqa MCHJning hisob raqamiga o‘tkazib, naqdlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Qoratol” MFY bo‘yicha sobiq hokim yordamchisi Sh.A. 18 nafar fuqaro nomiga chorvachilik va qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish orqali jami 571,3 million so‘mni naqdlashtirib olgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat