Insonning tirikligini ta’minlaydigan uning vujudidagi qon bo‘lgani kabi soliqlar ham iqtisodiyotning qon tomiridir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 63-moddasiga muvofiq, «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart. Ammo oramizda o‘z konstitutsiyaviy burchini bajarishni unutayotgan fuqarolarimiz hamda tadbirkorlik subektlarining mansabdor shaxslari ham bor, afsuski.
Majburiy ijro byurosi organlari o‘z vakolati doirasida vaqtida to‘lanmagan soliqlar undiruvini ham amalga oshiradi. Byuroning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi organlari tomonidan mazkur turdagi ijro hujjatlari ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Natijada, joriy yilning o‘tgan davrida ish yurituvda bo‘lgan soliq undiruvlariga oid 377 mlrd. so‘mlik qarzdorliklar undirildi. Jumladan, joriy yilning 7 avgust kuni qarzdor “Minora qurilish ekspeditsiyasi” AJning 37 ta ijro hujjatlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi foydasiga 3 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi undirildi.
Shuningdek, qarzdorlikni bartaraf etmaganligi bois, qarzdorlarga tegishli 31 ta 7,4 mlrd. so‘mlik xatlangan mol-mulklar elektron onlayn auksion savdolarida sotilib, soliq idoralari hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.
Xususan, “G‘uzor Gazoil” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasi auksion savdosida 371,2 mln.ga sotilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘i jamyatning soliq qarzini qoplashga yo‘naltirildi.
Bundan tashqari, hozirgi kunda soliq qarzdorligini o‘z vaqtida bartaraf etilmaganligi natijasida qarzdorlardan xatlab olingan 194 mlrd. so‘mlik mulklar auksion savdolarida turibdi. Misol uchun, qarzdor “Global commerce” xuchusiy korxonasining 3 mlrd. 357 mln. so‘mga baholangan mulklari auksion savdolarida o‘z xaridorlarini kutib turibdi.
Byuro xodimlari tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.
Bobur Panjiyev
MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi
katta inspektori
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring