20:20 / 14.08.2023
102

Farzandlar oilani birlashtiradi...

Farzandlar oilani birlashtiradi...

Majburiy ijro byurosi organlari ish yurituvidagi ishlar orasida eng murakkablaridan biri bolani otadan onaga yoki onadan otaga olib berish va ularni uchrashtirishdir.

Shunday ishlardan biri byuroning Oqoltin tumani ish yurituviga qabul qilinib, ijrosini ta’minlashga kirishildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlararo sudining buyrug‘ida N.Axrorovaning qaramog‘ida bo‘lgan bir o‘g‘il va bir qiz farzandlari bilan da’vogar A.Madiraximovni har haftaning shanba va yakshanba kunlari ko‘rishib turishi belgilangan edi.

Ammo, farzandlar onasi N.Axrorova tomonidan har xil bahonalar bilan bolalarni otasiga ko‘rsatishdan bosh tortib kelingan.

Davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari va tushuntirishlari natijasida bolalar otasi bilan uchrashtirildi.

Ijro harakatlari chog‘ida bolalarning ko‘z yoshlari ota-ona o‘rtasidagi sovuqchilikni aritib, ularning yarashishiga turtki bo‘ldi.
Ikki taraf ham hayotlari davomida jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganini va norasida farzandlari ota yoki onasi qarovisiz ulg‘aymasligini ta’kidlab, darz ketgan oilani qayta tiklashga ahd qildi.

Ota-onaning bu qarorini eshitgan farzandlarning yuzida bir zumda beg‘ubor bolakaylarga xos quvonch paydo bo‘ldi.
Shu tariqa byuroning ish yurituvidagi yana bir ijro hujjatining ijrosi xursandchilik bilan tamomlandi.

Bobur Doniyorov
Byuroning Oqoltin tuman 
bo‘limi davlat ijrochisi


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat