Nomulkiy undiruvlar bilan bog‘liq ijro harakatlari jarayonlarida da’vogar va javobgarlarning o‘rtasidagi avvaldan yuzaga kelgan murosasizlik o‘zi shunday ham og‘ir kechadigan ijro harakatlari jarayonlarini yanada qiyinlashtiradi. Shu sababli davlat ijrochilari ijro hujjati kelib tushgan paytdan boshlab tomonlarni murosaga keltirish harakatida bo‘ladilar.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan da’vogar J.Boymirovga tegishli bo‘lgan Koson tumani, Nekuz MFY, Nekuz qishlog‘ida joylashgan 1290,0 kv.m yer maydonini javobgarlar M.Xayrullayeva va boshqalarning qonunsiz egaligidan olib berish haqidagi ijro hujjati Byuroning Koson tumani bo‘limi ish yurituviga 15.03.2021 yilda kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablar ijrosi yuzasidan javobgarlar bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan sud qarori ijrosini ixtiyoriy bajarishdan bo‘yin tovlab kelgan.
Shu sababli, mazkur sud qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14 avgust kuni da’vogar J.Boymirovga tegishli yer maydonini olib berish yuzasidan majburiy ijro harakatlari tayinlandi.
Ijro harakatlari jarayonida bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan da’vogar va javobgarlar murosaga keltirilishi natijasida, ijro harakatlari to‘xtatildi.
Ruslan Sanaqulov
MIB Koson tuman bo‘limi davlat ijrochisi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!