Tabiiy gaz va elektr energiyasi ko‘zimiz o‘ngida go‘yoki tuganmasdek, lekin har kuni ehtiyoj sezadiganimiz bu tabiat in’omlaridan oqilona foydalanishimiz lozim. Afsuski, tabiiy resurslardan foydalanib, o‘z vaqtida to‘lovlarini amalga oshirishni unutib qo‘yamiz. Oqibatda qarzdorliklar yuzaga kelib, o‘z vaqtida amalga oshirilmagan to‘lov sabab insonlarning ta’bi xira tortadi. Negaki, qarzdorliklar sabab yetkazib berish to‘xtatiladi.
Jumladan, Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi va tuman bo‘limlari ish yurituviga tadbir boshidan bugungi kunga qadar tabiiy gaz bo‘yicha jami 5.897 ta 50 mlrd. so‘mlik, elektr energiyasi bo‘yicha jami 477 ta 28 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlari kelib tushgan. O‘tgan davr mobaynida tabiiy gaz ta’minotchi korxonalari foydasiga 4.356 ta ijro hujjatlaridan 28,1 mlrd. so‘m miqdoridagi qarzdorliklar amalda undirilgan bo‘lsa, elektr tarmoqlari korxonalari foydasiga esa 224 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 18,2 mlrd. so‘m miqdorida undirilgan.
Bundan tashqari, ta’minotchi korxonalar tomonidan 45 ta 1,2 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdor iste’molchilar tarmoqdan uzilgan.
Qoldiqda qolgan ijro hujjatlarini ijrosini ta’minlanishi hamda ta’minotchi korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda qarzdorliklarni bartaraf etish choralari ko‘rib borilmoqda.
Marg‘uba Amonova
Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiy ijro byurosining
Toshkent shahar boshqarmasi
katta inspektori