Aholi turar joylarida ayniqsa shahar hududlarida infrastrukturani yaxshilash maqsadida qurilish ishlari ko‘p bo‘ladi. Shaharni obodonlashtirish va rivojlantirish yo‘lida ko‘p binolar jumladan yashab turgan uy joylarni ham buzishga to‘g‘ri keladi. Bunda albatta mulk egasining qonuniy manfaatlari inobatga olinib, ularga kompensatsiya pullarini to‘lab berish asosiy masala hisoblanadi. Lekin ayrim hollarda shahar yoki tuman ma’muriyati fuqarolarning qonuniy haq-huquqlari yuzasidan, o‘z majburiyatlarini bajarishda turli muammolar kelib chiqadi. Bunday holatlarda albatta ish sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
Xozirda Byuroning Olmaliq shahar bo‘limi ish yurituvida ham kompensatsiya to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan jami 8 nafar fuqarolar foydasiga 3,2 mlrd so‘m amalda undirilishi ta’minlanib ijro ishi tamomlangan.
Jumladan, Byuroning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan qarzdor Olmaliq shahar hokimiyatidan undiruvchi Sh.Alimov foydasiga 591 mln. so‘m, T.Kadirov foydasiga 447 mln. so‘m, A.Berdiyev foydasiga 427 mln. so‘m kompensatsiya pullari amalda undirib berilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!