Infografika: Maktabgacha ta’lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) sonini ma’lum qildi.
2023 yilning 1 avgust holatiga ko‘ra, respublikada jami 30 792 ta bog‘cha faoliyat ko‘rsatyapti. Shundan davlatga qarashli MTTlari soni 6 734 ta, nodavlat bog‘chalar 24 058 tani tashkil etadi.
Taqqoslash uchun, 2017 yilda mamlakatda 5 211 ta bog‘cha bo‘lgan. 2018 yilda bu raqam 7104 taga, 2019 yilda 13 530 taga, 2020 yilda 18 254 taga yetgan. 2021 yilga kelib bog‘chalar soni keskin ko‘paygan va 27 609 tani tashkil etgan. 2022 yilda esa bu ko‘rsatkich 29 420 tagacha ortgan.
Ma’lum qilinishicha, agentlikka 2023 yilning 1- yarim yilligida tadbirkorlar tomonidan bog‘chalar ochish masalasida 5 486 ta arizalar kelib tushgan. Shundan 2 089 ta loyiha ma’qullangan, 1 846 ta loyihalar bilan bitim imzolangan. Natijada 59 072 ta yangi quvvat, 4 615 ta yangi ishchi o‘rin yaratildi.
“Yarim yil mobaynida quvvati 41 920 nafar bolani qamrab olgan 1 310 ta oilaviy MTTlar o‘z faoliyatini boshladi”, — deyiladi manba ma’lumotida.
Shuningdek, bu 6 oy ichida respublikadagi 740 ming nafarga yaqin tarbiyalanuvchilarni qamrab olgan 21 mingdan ortiq nodavlat (jumladan, oilaviy MTT) maktabgacha ta’lim tashkilotlariga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1,2 trillion so‘m miqdorda subsidiyalar ajratilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!