date
views 116

Tadbirkorlikka oid majburiy talablar yagona reyestrini ishlab chiqish boshlandi

Tadbirkorlikka oid majburiy talablar yagona reyestrini ishlab chiqish boshlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestri tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish vositalari bo‘yicha o‘rnatilgan barcha talablar, ularning muddatlari, ular bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlar, talablarga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar, nazorat qiluvchi organlar, tekshiruv shakllari hamda javobgarlik choralarini o‘z ichiga oladi.

Yagona reyestrga ma’lumotlar tegishli sohani tartibga soluvchi vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kiritiladi.

Adliya vazirligi Yagona reyestrning operatori hisoblanadi, uning yuritilishini uslubiy ta’minlaydi, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • reyestrda har bir majburiy talab bo‘yicha kiritiladigan ma’lumotlarning turlari;
  • reyestrni shakllantirish va yuritish bo‘yicha vakolatli davlat organlari hamda tashkilotlarining funksiyalari;
  • tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladigan amaldagi majburiy talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish tartibi;
  • yangi joriy etiladigan majburiy talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish tartibi;
  • reyestrda joylashtirilgan ma’lumotlarni yangilab borish tartibi.

2023 yil 1 dekabrga qadar Yagona reyestr elektron tizimi ishlab chiqiladi va sinov tariqasida ishga tushiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorlikka oid majburiy talablar yagona reyestrini ishlab chiqish boshlandi