date
views 430

Ukrainalik bir guruh bolalar O‘zbekistonda dam olish uchun olib kelindi (foto)

Toshkentga yetib kelgan ukrainalik bolalar guruhi. Foto: fb.com/Mykola Doroshenko

Ukraina elchixonasi tomonidan ilgari surilgan tashabbus o‘zbekistonlik biznes vakillari va jamoat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, deb yozadi Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Mikola Doroshenko o‘zining Facebook’dagi sahifasida.

«O‘zga davlatga sayohat, u yerning madaniyati, an’analari va odatlari bilan tanishish har bir insonning bolalik orzusi bo‘lgan. Kecha ukrainalik bir guruh bolalarning shunday orzusi ushaldi», deb yozadi elchi.

Bolalar Ukrainaning turli burchaklaridan — Xarkiv, Xerson, Zaporijjya, Sumi, Xmelnitskiy, Lviv va Kiyevdan. Toshkentga dam olish va salomatlikni qayta tiklash uchun jami 45 nafar bola va 2 nafar kuzatuvchi kelgan. Ular 12 kun mobaynida «Anor» bolalar oromgohida dam olishadi.

«Ukraina elchixonasining bolalarning ruhiy muvozanatni tiklash, Ukraina shaharlarining har kunlik havo trevogalari va raketa zarbalarini unutishga yordam berish uchun qilgan murojaatiga labbay deb javob bergan O‘zbekiston biznes va notijorat tashkilotlari vakillariga katta tashakkur», — deb yozgan Doroshenko.

Ma’lum qilinishicha, bolalar Polshaning Katovitse shahri orqali O‘zbekistonga keltirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ukrainalik bir guruh bolalar O‘zbekistonda dam olish uchun olib kelindi (foto)